Uzoq vaqt davomida Aleksandariya va Qohira universitetlarida — xalqaro umumta’lim dasturlari 👨‍🏫 doirasida axborot texnologiya, matematika va fizika fanlarining o’qituvchisi sifatida faoliyat yuritgan. Axborot texnologiyalari sohasida ko’plab loyihalarni ishlab chiqqan va ular bo’yicha dars bergan. U ilovalarni ishlab chiqish, brending, loyihalarni boshqarish, digital marketing va biznesni rivojlantirish bilan shug’ullangan.

Shuningdek, u Qohira universitini 🦾 «Yetakchilik boshqaruvi» yo’nalishi bo’yicha Akademik direktor sifatida boshqargan.

Ta’kidlash joizki, Islom El-Xadari marketing agentligining asoschisi va direktori, 🚗 Toyota Saudi digital transformatsiyasi bo’yicha bosh menejeri bo’lgan, Pepsi, IKEA, LG, P&G, Unilever va Davidoff kabi brendlar biznesini rivojlantirishda ishtirok etgan.
Islom El-Hadari 📚 o’zining katta tajribasi tufayli TIUE universitetida International Foundation Program (IFP) dasturini yaratishga katta hissa qo’shdi. Bu dastur ko’plab talabalarga yanada sifatliroq bilim olishga va yuqori malakali mutaxassislar bo’lishga yordam beradi, deb ishonamiz.